Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sirdaryolik haydovchi Nexia rusumli avtomashinasiga uch nafar yo‘lovchini o‘tqazib poytaxtga qarab yo‘lga tushadi. Lekin mashina shahardan chiqqach, yo‘lovchilarning asl maqsadi ayon bo‘ladi. Bu haqda “Postda” gazetasiga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.

Foto: kun.uz

Foto: kun.uz

Ular haydovchini bo‘g‘ib, so‘ngra oyoq-qo‘lini bog‘lab, yukxonaga joylashadi. Keyin uning yonida bo‘lgan 100 ming so‘m pulini olishadi va ulardan biri avtomashinani haydab ketayotganda boshqaruvni yo‘qotib, to‘siqqa borib uriladi. Bosqinchilar avtomashinani tashlab voqea joyidan qochishadi.

Voqeadan xabar topgan ichki ishlar idoralari xodimlari zarur choralarni ko‘rishdi. Ko‘p o‘tmay bosqinchilar qo‘lga olindi. Hozirda ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi