Sirdaryolik haydovchi Nexia rusumli avtomashinasiga uch nafar yo‘lovchini o‘tqazib poytaxtga qarab yo‘lga tushadi. Lekin mashina shahardan chiqqach, yo‘lovchilarning asl maqsadi ayon bo‘ladi. Bu haqda “Postda” gazetasiga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
Ular haydovchini bo‘g‘ib, so‘ngra oyoq-qo‘lini bog‘lab, yukxonaga joylashadi. Keyin uning yonida bo‘lgan 100 ming so‘m pulini olishadi va ulardan biri avtomashinani haydab ketayotganda boshqaruvni yo‘qotib, to‘siqqa borib uriladi. Bosqinchilar avtomashinani tashlab voqea joyidan qochishadi.
Voqeadan xabar topgan ichki ishlar idoralari xodimlari zarur choralarni ko‘rishdi. Ko‘p o‘tmay bosqinchilar qo‘lga olindi. Hozirda ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)