Facebook ijtomiy tarmog‘ida “yoqmadi” tugmasi bo‘lmaydi. Bu haqda kompaniya rahbari Mark Sukerberg ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Ko‘pincha odamlar qayg‘uli narsalar yoki turli mamlakatlarning madaniyati, ijtimoiy hayotga aloqador mavzularni bo‘lishadi. Hamdardlik yoki hayrat kabi ‘hissiyot tugmalari’ paneli uzun izoh yozishni istamaydigan, biroq do‘stlari hayotidagi ishtirokini bildirishni istaydiganlarni qiziqtirishi mumkin.
‘Yoqmadi’ tugmasi esa bo‘lmaydi. Facebook postlarni ‘yoqdi’ va ‘yoqmadi’ ga ajratishga muhtoj emas. Biz bu qaysidir qadriyatni yoki tarmoqqa foyda olib kelishi mumkin deb hisoblamaymiz”, − dedi Sukerberg.
Izoh (0)