Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaqinda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona kompleksi xodimlari tomonidan bojxona qoidabuzarliklarini sodir etgan “tadbirkorlar”ning qing‘ir qilmishlariga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati.

Foto: customs.uz

Foto: customs.uz

Jumladan, Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekistonga kirib kelgan chet el fuqarosi boshqaruvidagi yuk avtomashinasiga ortilgan konteyner amaldagi tartiblarga muvofiq ko‘zdan kechirilganda, unga ortilgan tovarlar bilan yuk-kuzautv hujjatlarida qayd etilgan tovarlar bir-biridan mutlaqo farq qilishi aniqlandi.

Hujjatlarga asoslanilsa, samarqandlik xususiy tadbirkor nomiga mazkur konteynerda asosan qurilish materiallari yuborilishi kerak edi. Ammo, konteyner kompleksdagi katta hajmdagi yuk avtomashinalarini nazoratda o‘tkazishga mo‘ljallangan Rapiscan Eagle M60 rusumli mobil inspeksion-tekshiruv apparatidan o‘tkazilganda, uning ichida idishlarda suyuqlik mahsulotlari borligi namoyon bo‘ldi.

Yuk-kuzatuv hujjatlaridagi ma’lumotlarga nisbatan shubha uyg‘ongani sababli konteyner ochilib bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlardan faqatgina “granit toshi” tovari borligi, boz ustiga u ham qayd etilgan miqdordan salkam 6 tonna kam ekanligi, hujjatlarda nomlari ko‘rsatilgan boshqa tovarlar esa konteynerda umuman mavjud emasligi aniqlandi. Ularning o‘rniga esa hujjatlarda ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 737 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan 115 nomdagi tovar-moddiy boyliklari borligi aniqlandi.

Shuningdek, mazkur kompleks xodimlari tomonidan Birlashgan Arab Amirliklaridan kirib kelgan chet el fuqarosi boshqaruvidagi yana bir yuk mashinasi mobil inspeksion-tekshiruv apparatidan o‘tkazilganda, unga ortilgan tovar-moddiy boyliklar bilan yuk-kuzatuv hujjatlarida qayd etilgan tovarlar o‘rtasida tafovutlar borligi bojxonachilarda shubha uyg‘otdi.

Foto: customs.uz

Foto: customs.uz

O‘rnatilgan tartibda o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida esa shubhalar o‘z tasdig‘ini topdi. Qarang-ki, yuk mashinasiga ortilgan qiymati 611 mln. so‘mdan, og‘irligi esa 26 tonnadan ortiq bo‘lgan tovar-moddiy boyliklar hech qanday hujjatlarsiz respublikamizga olib kirishga urinilgan ekan.Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Raqamlarga murojaat qilsak, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda 1168 ta bojxona qoidabuzarliklari aniqlangan bo‘lib, natijada qiymati 7 mlrd. so‘mdan ortiq so‘mlik tovar-moddiy boyliklar davlat egaligiga o‘tkazilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi