Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple o‘tgan kuzda PrimeSense kompaniyasini xarid qilgan edi. Endilikda esa PrimeSense’ning harakatni aniqlash texnologiyasi uchun olingan patenti Apple nomiga o‘tkazildi. Bu haqda The Verge xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.

Foto: The Verge

Foto: The Verge

Ushbu texnologiyada infraqizil nur qo‘l, barmoq, tananing biror qismi bilan kesib o‘tilgandagi harakat aniqlanadi hamda ma’lum bir buyruqlarni amalga oshirishda ishlatiladi. Apple kompaniyasining Apple TV, Mac kompyuterlari va iPhone smartfonlarida ushbu loyihadan foydalanilishini taxmin qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari balandlikdan tushib ketganda, ularni displeyida yoriqlar paydo bo‘lishidan himoya qilish texnologiyasi uchun patent olgan edi.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi xabarlarni o‘qishingiz mumkin:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?