Angren shahridagi “Madaniyat markazi”da “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi raisi Bahodir G‘aniyev hamda Angren shahar hokimi Ibrohim Rahmonov ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafoloti” mavzusida konferensiya tashkil etildi. Bu haqda “Kamolot” YoIHning rasmiy saytida xabar berildi.
Tadbirda viloyatning barcha tumanlaridagi jami 400 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Anjumanda mustaqillikni mustahkamlash bilan bog‘liq yangicha tafakkur, yangi g‘oyalarni singdirish, yurt tinchligi, xalq farovonligi va O‘zbekiston taraqqiyotini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.
Tadbirda viloyatdagi barcha sohalarda yutuqlarni qo‘lga kiritgan, faol va iqtidorli yoshlarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.
Tadbir so‘ngida el sevgan xonandalar ishtirokida bo‘lib o‘tgan madaniy dastur ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.
Izoh (0)