Braziliya parlamenti ko‘plab kelishilgan o‘yinlar gumoni tufayli oliy liga chempionatini to‘xtatib turishni taklif qilgan.
Turnirning to‘xtatish taklifiga “Botafogo” xo‘jayini Jon Tekstorning oliy ligadagi bir nechta shubhali o‘yinlar haqida ma’lumotga ega ekanligini aytgani sabab bo‘lgan.
SBC News nashrining xabariga ko‘ra, bir nechta kelishilgan o‘yin bo‘yicha dalillar mavjud.
Braziliya milliy futbol hakamlari assotsiatsiyasi (ANAF) ham tergov o‘tkazish uchun mavsumni to‘xtatishga chaqirdi.
Agar chempionat to‘xtatilmasa, hakamlar ish tashlash qilishga tayyor.
Izoh (0)