Joriy yilning 15-oktabrida Android operatsion tizimining so‘nggi versiyasi — Lollipop rasman e’lon qilingan edi. Hozirda esa ushbu versiya Samsung Galaxy S5 smartfonlari uchun foydalanishga topshirila boshlandi. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Android’ning so‘nggi versiyasini Galaxy S5 smartfonlariga foydalanish uchun topshirish Polshadan boshlangan va hozirda Janubiy Koreyada davom etmoqda. Agar bir necha yillik an’ana davom etsa, 3-4 haftadan keyin boshqa davlatlardagi Galaxy S5 foydalanuvchilari uchun ham Android 5.0 Lollipop opratsion tizimi taqdim etiladi.
Samsung Galaxy S5 smartfonlari uchun taqdim etilgan Lollipop versiyasida Google’ning Material Design konsepsiyasi va kompaniyaning TouchWiz UX interfeysi birlashtirilgan. Yangi Android versiyasidagi o‘nta ajoyib funksiyani esa “Parol” nashrining ushbu maqolasida o‘qisangiz bo‘ladi.
Izoh (0)