Oktabr oxirida xabar berilgan Sony Aquatech Store suv osti do‘koni ish boshladi. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Xabar qilinishicha, ushbu do‘kon to‘rt metr suv ostida joylashgan bo‘lishi kerak edi. Ushbu suv osti do‘koni Dubayda joylashgan bo‘lib, unda Sony kompaniyasining Xperia gadjetlarini suv ostida ishlatib ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Sony kompaniyasi 2013-yilda ilk suv o‘tkazmas Xperia Z smartfoni va Xperia Tablet Z planshetlarini taqdim etgan edi. Kompaniyaning so‘nggi Xperia Z3, Xperia Z3 Compact smartfonlari va Xperia Z3 Tablet Compact planshetlari yanada yaxshiroq suv o‘tkazmaslik xususiyatiga ega.
Hozirda ushbu do‘konga faqatgina ayrim OAV xodimlari, taklif qilingan insonlar va konkursda g‘olib bo‘lganlar kirishi mumkin. Lekin yomoni, bu do‘kon uch kungina ishlashi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)