Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida Motorola kompaniyasining 4G (LTE) tarmog‘ida ishlaydigan Moto G smartfoni sotila boshlandi. Bu haqda Mobinfo.uz sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu smartfon aslining yangilangan versiyasi bo‘lib, avvalgisidan farqi 4G LTE modulida ishlashi va ichki xotirasini MicroSD yordamida kengaytirish mumkinligi bilan farqlanadi. Boshqa texnik xususiyatlari esa bir xil hisoblanadi.
Unda 5 dyuym 720×1280 pikselli displey, 1,2 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 1 Gb tezkor va 8 Gb ichki xotira, 5 megapikselli asosiy kamera, 2070 mA·soat quvvatga ega batareya, Android 4.4 operatsion tizimi o‘rnatilgan.
“Fleshka” savdo majmuasidan ushbu yangi smartfonni taxminan 1 million so‘mga xarid qilish mumkin. Iyun oyida O‘zbekistonda sotila boshlangan avvalgi Moto G smartfoni esa ushbu majmuada 650 000 so‘mdan sotilmoqda.
Izoh (0)