Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi 2014-yil 13-dekabr kuni O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda nemis bastakori Rixard Shtraus tavalludining 150 yilligi munosabati bilan xotira konsertini tashkillashtiradi. Bu haqda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqali teatr-studiyaning simfonik orkestri professor Vladimir Neymar rahbarligida bir qancha asarlarni ijro etadi. Birinchi navbatda bastakor uchun o‘rnak bo‘lgan buyuk san’atkorlarning — Lyudvig van Bethovenning fortepiano uchun orkestr ishtirokidagi 5-konserti va Rixard Vagnerning “Riensi — so‘nggi tribun” asari ijro etiladi.
Konsert dasturida Rixard Shtraus ijodiga tegishli “Don Juan” va “Atirgul kavaleri” asarlaridan parchalar ijro etiladi.
- Ijrochilar: Vladimir Lobov va Bekzod Davranov
- Orkestrning badiiy rahbari: professor Zohid Haqnazarov
Izoh (0)