Bugun, 5-dekabr kuni joriy yilning 23-sentabrida boshlanib 24-noyabr kuni o‘z nihoyasiga yetgan “Muloqot yulduzi” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent shahridagi “Muloqot.Uz kafesi”da o‘tkazildi.
Ushbu tanlov “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘ining Android-qurilmalar uchun mo‘ljallangan dasturida o‘tkazildi va unda ishtirok etish uchun “Muloqot” dasturiga surat yuklash hamda “yulduz”lar to‘plash zarur edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra tanlov g‘oliblari deya quyidagi suratlar muallifi bo‘lgan uch nafar kishi e’lon qilindi.
“Muloqot yulduzi” tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Sitora Baxtiyorovna Samsung Galaxy S5 smartfonining sohibasiga aylandi.
Ikkinchi o‘rin sohibasi Munisa Murtazayevaga esa Samsung Galaxy S4 mini smartfoni taqdim etildi.
Afsuski, uchinchi o‘rinni egallagan Ilyos Karimov taqdirlash marosimiga tashrif buyurmadi. Tanlovda ishtirok etish shartlarining oltinchi bandiga ko‘ra, taqdirlash marosimida ishtirok etmagan g‘olib sovrindorlar qatoridan chetlatiladi.
“Muloqot yulduzi” tanlovining birinchi va ikkinchi o‘rin sohibalariga qisqa savollar bilan murojaat qildik. Quyida ularning tanlov va unda g‘olib bo‘lish haqidagi fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.
“Muloqot yulduzi” tanlovi haqida qayerdan xabar topdingiz?
Sitora: Men o‘zim “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘ining a’zosiman. Ushbu tarmoqdan faol foydalanib turaman va tanlov haqida ham shu yerdan xabar topdim.Munisa: “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘idan foydalanadigan do‘stlarimdan xabar topdim.
Suratingizga buncha ko‘p “yulduz”larni qanday to‘pladingiz?
Sitora: “Yulduz”larni asosan do‘stalarim yordami bilan to‘pladim. Shuningdek, vodiyga ham bordim va u yerdagi do‘stlarim hamda qarindoshlarim menga “yulduz” to‘plashda yordam berishdi.Munisa: Sinfdoshlarim, kursdoshlarim, hamkasblarim yordam berishdi.
Tanlov sovrini bo‘lgan Android-smartfoningizni nima qilasiz?
Sitora: O‘zim foydalanaman.Munisa: Albatta o‘zim ishlataman.
Tanlov haqida fikringiz?
Sitora: Tanlov haqqoniy o‘tkazildi. 1-o‘ringa loyiq edim, bilardim (kuladi).Munisa: Tanlov yaxshi, zo‘r tashkil etilgan.
Tanlovga ishonmaslik sabab unda ishtirok etmaganlarga nima deya olasiz?
Sitora: Tanlov haqqoniy o‘tdi. Buni “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i va mobil dasturiga joylaydigan suratlarimizdan ham ko‘rishingiz mumkin.Munisa: Haqqoniy ekan. Boshida g‘olib bo‘lsam ham sovrinni berishmasa kerak, deb o‘ylagandim. Chunki bundan avval hech qanday tanlovlarda g‘olib bo‘lmagan edim. “Muloqot” tanlovlarida g‘olib bo‘lsangiz, sovrinlaringizni berishar ekan. Bunga ishondim (kuladi).
“Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i bu kabi tanlovlar va uchrashuvlarni tez-tez tashkil etib turadi. Siz ham bunday tanlov va tadbirlarda ishtirok etishni istasangiz, “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘iga a’zo bo‘ling va muloqotga kirishing!
Izoh (0)