Microsoft korporatsiyasining Bing qidiruv xizmati foydalanuvchilarning qidiruv ilovasidan o‘zlari haqidagi ishonchsiz ma’lumotni o‘chirish borasida bildirgan ilk 79 talabini qondirdi, deb xabar beradi “Kun” “Tcinet.ru” axborotiga tayanib.
Bu chora “esdan chiqish huquqi”ni amalga oshirish doirasida ko‘rildi. Mazkur huquq Yevropa Ittifoqi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, u yevropalik foydalanuvchilarning ishonchsiz yoki ularni obro‘sizlantiradigan axborotga bo‘lgan havolalarni, agar ularning ishonchsizligi va obro‘sizlantiruvchi xarakterga egaligi isbotlansa, qidiruv tizimlaridan o‘chirtirish huquqiga egaligini nazarda tutadi.
Ayni paytda Bing’ga havolalarni o‘chirish bo‘yicha 2362 ta talabnoma tushdi. “Esdan chiqish huquqi”ni avvalroq joriy qilgan Google bu ko‘rsatkich bo‘yicha ilg‘orlik qilmoqda. Qidiruv tizimiga 178 609 talabnoma tushdi, 214 658 tasi esa qidiruv ilovalaridan o‘chirildi. Eng ko‘p o‘chirilgan havolalar soni Facebook ijtimoiy tarmog‘iga to‘g‘ri kelmoqda.