Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Zaporojets atom elektr stansiyasida avariya sodir bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Zaporojets AESda avariya sodir bo‘ldi”, − dedi Yatsenyuk. U energetika vaziri Vladimir Demchishinni matbuot anjumani o‘tkazishga chaqirdi.
“Ukrainskaya pravda” ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada elektr energiyasi o‘chirilishi 2-dekabrdan boshlangan.
Izoh (0)