2-dekabr, seshanba kuni Misr sudi 188 kishini o‘lim jazosiga mahkum etdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Ular Qohira yaqinida politsiyachilarni o‘ldirishda aybdor deb topildi.
2013-yilning avgustida politsiya uchastkasiga uyushtirilgan hujum natijasida huquqni himoya qilish organlarining o‘ndan ortiq xodimlari halok bo‘lgan edi.
Hodisa Qohirada prezidentlikdan ag‘darilgan Muhammad Mursi tarafdorlari uyushtirgan namoyishlar politsiya tomonidan tarqatilganidan so‘ng sodir bo‘lgan edi.
Izoh (0)