Samarqand viloyati ko‘zi ojizlar maxsus axborot-resurs markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezident Islom Karimov rahnamoligida aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
“Axborot-resurs markazi 16 mingga yaqin kitob fondiga ega, — dedi markaz rahbari Lola Sultonova. — Bu kitoblarning asosiy qismini imkoniyati cheklangan kitobxonlarga mo‘ljallangan brayl yozuvidagi hamda magnit lentali adabiyotlar tashkil qiladi. Joriy yilda markaz uchun yangi bino qurilishi bilan birga, umumiy qiymati 20 million so‘mlik brayl yozuvidagi maxsus adabiyotlar olib kelinishi rejalashtirilgan”.
Markazning yangi binosida 40 o‘rinli o‘quv zali, kompyuter, ma’muriy va kitob fondini saqlash uchun maxsus xonalar tashkil qilingan.
Izoh (0)