Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z mamlakati oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi bo‘yicha Rossiyadan yarim asr oldinda turishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Kimning mahsulotlari xavfsizroq degan masala ko‘tarilganda nafaqat belorussiyaliklarning, balki istalgan rossiyalikning ham kulgisi keladi. Mendan xafa bo‘lishmasin-u, biroq Rossiya mahsulotlarning xavfsizligi bo‘yicha Belorussiyadan yarim asrga ortda qolmoqda”, − dedi Lukashenko.
Avvalroq, 26-noyabr kuni Belorussiyaning yana sakkizta korxonasi ishlab chiqaradigan mahsulotlarning Rossiyaga olib kirilishi cheklangani xabar berilgan edi.
Izoh (0)