Bishkekda itlar tomonidan talangan ayol jasadi topildi. Bu haqda Qirg‘iziston poytaxti ichki ishlar boshqarmasiga asoslanib, “24.kg” xabar bermoqda.
1-dekabr kechasi Bishkekda yashovchi kishi militsiyaga itlar uning hovlisiga talangan jasadni keltirib tashlaganini ma’lum qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan tezkor guruh jasadni temir yo‘l yaqinidan topgan.
Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, jasad bu yerda bir necha kun yotgan. Ayol sovuq urishi oqibatida halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, militsiya ayolning shaxsini aniqlashga urinmoqda.
Izoh (0)