Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu, “Barselona” futbolchisi Lionel Messi hamda “Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer 2014-yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan “Oltin to‘p” sovriniga nomzodlar uchligidan joy oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Taqdirlash marosimi 2015-yil 12-yanvar kuni Syurix shahrida bo‘lib o‘tadi. 2013-yilgi “Oltin to‘p” Krishtianu Ronalduga nasib etgan bo‘lsa, bungacha ketma-ket to‘rt yil davomida Lionel Messi eng yaxshi futbolchi deb topilgan.
Ma’lumot uchun, FIFA “Oltin to‘p” sovrini 2010-yilda France Football jurnalining “Oltin to‘p” hamda FIFAning “Yil o‘yinchisi” sovrinlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
Izoh (0)