Namangan viloyati Namangan tumanida qarindoshlar o‘rtasidagi kelishmovchilik tan jarohatiga sabab bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIVning “Postda” gazetasiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Xabar berilishicha, Namangan tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyiga qarindoshi mehmon bo‘lib kelgan. Biroq biroz o‘tib qarindoshlar janjallashib ketgan.
Ular nima sababdan tortishib qolganiga aniqlik kiritilmagan. “Jazavaga tushgan mezbon ketmon dastasi bilan mehmonga tan jarohati yetkazgan”, — deyiladi xabarda.
Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, mezbon esa militsiya bo‘limiga olib kelingan. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)