Angliyada Rossiyaning “Lokomotiv” klubining sobiq futbolchisi Ruslan Pimenovning qizi “dunyodagi eng go‘zal qizaloq” deb atalmoqda. Bu haqda Mirror’ga asoslanib “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Kristina Pimenova uch yoshidan boshlab modellik maktabida shug‘ullanib keladi. 9 yoshli qizcha hozirgacha Vogue, Armani, Dolce&Gabbana kabi brendlarning fotosessiyalarida qatnashishga ulgurgan.
Kristinaning onasi Glikeriya Shirokova ham sobiq model hisoblanadi. U qizining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yuritadi. Kristinaning Instagramdagi obunachilari soni 316 mingdan ortiq bo‘lsa, Facebook’da 2 milliondan ko‘proq muxlis yig‘gan.
Izoh (0)