O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Islombek va Javohir Sindorovlar Braziliyaning Juis-di-Fora shahrida bo‘lib o‘tayotgan 7, 9, 11, 13, 15 va 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi X jahon chempionatini g‘alabalar bilan boshladi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
15 mamlakatdan 33 nafar ishtirokchi o‘rtasida o‘tkazilayotgan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi musobaqada Islombek Sindorov, 12 mamlakatning 53 vakili o‘rtasida o‘tkazilayotgan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar musobaqasida Javohir Sindorov dastlabki ikki partiyada g‘alabalarga erishdi.
Shveysarcha tizim bo‘yicha to‘qqiz tur davom etadigan musobaqa 2014-yil 4-dekabr kuni yakunlanadi.
Izoh (0)