Gruziya prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini bankir Sandro Girgvlianining o‘limi bilan bog‘liq jinoyatda ishtirok etganlikda ayblamoqda, deb xabar berdi“Segodnya.ua”.
Qayd etilishicha, ushbu tizimli jinoyatda Saakashvilidan tashqari Gruziyaning sobiq ichki ishlar vaziri Vano Merabishvili, sobiq ichki ishlar va mudofaa vaziri Bachana Axalaya hamda IIVning sobiq amaldori Data Axalaya ham ayblanmoqda.Prokuratura xabariga ko‘ra, ular jinoyatni yashirish maqsadida birgalikda harakat qilgan. Sud Saakashvilidan tashqari uch nafar sobiq amaldorga nisbatan ayblov hukmlarini e’lon qilib bo‘lgan.
Izoh (0)