“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Yevropa Chempionlar ligasi 5-turi doirasida safarda “Apoel” darvozasini uch marotaba ishg‘ol etdi va bu musobaqadagi uning xet-triklari soni 5 taga yetdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Ma’lumot o‘rnida, hozirgacha hech bir futbolchi Yevropa Chempionlar ligasi o‘yinlarida 3 tadan ortiq xet-trik qayd etmagan.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi “Apoel”ga qarshi o‘yinda yana bir ajoyib rekord sohibiga aylandi. Argentinalik hujumchi Chempionlar ligasi bahslaridagi gollari soni bo‘yicha afsonaviy Raulning rekordini (71 ta gol) yangiladi. Messi “Apoel”ga qarshi o‘yinda Yevropa Chempionlar Ligasi bahslaridagi o‘zining 74-golini kiritdi.
Izoh (0)