21 yoshli argentinalik rok ijrochisi Augustin Briolini mikrofon noto‘g‘ri sozlangani tufayli tok urishi oqibatida sahnada vafot edi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Shifokorlar Krebs rok-guruhi a’zosini bir soat davomida hayotga qaytarishga harakat qilgan, biroq bundan naf bo‘lmagan. Artist shifoxonaga olib borilgan va uning halok bo‘lgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, guruhning qolgan a’zolari ushbu voqeadan haligacha o‘zlariga kelolmagan. Ular XXI asrda ham noto‘g‘ri o‘rnatilgan mikrofon inson umriga zomin bo‘layotganiga ishonolmayotgani aytilgan.
Izoh (0)