Tailand harbiy sudi Thai E-News axborot portali muharririni mamlakat qiroli Pxumipon Adulyadet sharafini haqoratlovchi maqola chop etgani uchun 4,5 yilga qamaldi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Qayd etilishicha, aslida muharrir Nut Rungvong 9 yillik qamoq jazosiga mahkum etilishi kerak bo‘lgan. Biroq u aybini tan olgani uchun ushbu muddat ikki baravarga qisqartirilgan.
Rungvong Thai E-News saytida 2009-yilda o‘qituvchi Tchi Ungpakornning maqolasini joylashtirgan. Ungpakornning o‘zi o‘sha yilda Buyuk Britaniyaga o‘tib ketgan, sayt esa yopilgan. Maqolaning aynan qaysi qismida qirolga nisbatan haqorat bo‘lgani ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)