Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida yangi Huawei Honor 3C smartfoni 720 000 so‘mdan sotila boshlandi. Bu haqda Mobinfo.uz sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Ushbu smartfonda 5 dyuym 1280×720 pikselli displey, 1,3 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 5 megapikselli old va 8 megapikselli orqa kamera, 2 Gb tezkor va 8 Gb ichki xotira (+MicroSD), 2300 mA·soat quvvatga ega batareya, Android 4.2 operatsion tizimi o‘rnatilgan. U ikki SIM-kartada ishlay oladi. Uning korpusi plastmassadan ishlangan.
Izoh (0)