Qozog‘istonning Ostona shahrida tennis bo‘yicha ITF toifasiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnirning asosiy to‘r bahslari boshlandi. Ushbu turnirda O‘zbekiston sharafini uch nafar sportchi himoya qilmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
Qur’a natijasiga ko‘ra o‘zbekistonlik ikki tennischi Albina Xabibulina va Aleksandra Staxanova birinchi bosqichda o‘zaro munosabatlariga oydinlik kiritdi. Kecha, 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan bahsda Xabibulina hamyurtiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 6:0, 6:0.
Endi Albina ikkinchi bosqichda Anastasiya Yepisheva (Qozog‘iston) va Marina Antonova (Rossiya) juftligi g‘olibasiga qarshi kortga tushadi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik yana bir tennischi Polina Merenkova ilk bosqichda rossiyalik Yana Parshina bilan to‘qnash keladi.
Izoh (0)