Xorazm viloyati Hazorasp tumani Ichki ishlar bo‘limining navbatchi qismiga shu tumanda yashovchi fuqaroning uyidan chorva o‘g‘irlab ketilgani haqidagi ma’lumot kelib tushdi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Voqea joyiga zudlik bilan operativ tergov guruhi yetib borgan. Ichki ishlar xodimlari jabrlanuvchi va uning qo‘shnilari orasida surishtiruv ishlarini olib borgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida o‘g‘ri topilgan. Jinoyatchi shu tumanda yashovchi 32 yoshli fuqaro ekanligi ma’lum bo‘lgan. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)