Namangan viloyati Norin tumanida Nexia avtomobilini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Avtomobil egasi o‘z mulki yo‘qolib qolganini payqagach, bu haqda tezda ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Huquqni muhofaza qilшsh organlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor reja natijasida o‘g‘ri qo‘lga olingan.
U qilgan ishidan to‘liq pushaymon ekanligini aytib, bu jinoyatga mashinada aylanishni orzu qilgani sababli qo‘l urganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)