Toshkent shahri Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi ayolning uyiga uning Yashnobod tumanida yashovchi tanishi mehmon bo‘lib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Mehmon mezbonni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, uning LG va Daewoo rusumli televizorlarini olib ketishga urindi. Shu payt hududda xizmat olib borayotgan IIB xodimlari voqeadan xabar topib, televizor ishqibozini qo‘lga oldi.
Endi yashnobodlik shaxsning qilmishiga tergov jarayonida oydinlik kiritiladi, deyiladi nashrda.
Izoh (0)