Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Indoneziya politsiyasi 200 dan ortiq noqonuniy muhojirlarning 2011-yilgi kema halokati oqibatidagi o‘limida ayblanayotgan Eron fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Bundan uch yil muqaddam Avstraliyaga suzib ketayotgan va yo‘lovchilarga haddan tashqari to‘lgan yog‘och kema Yava oroli yaqinida cho‘kib ketgan. Yo‘lovchilar 250 ga yaqin Afg‘oniston, Pokiston va Eron fuqarolari bo‘lib, ular “yashil qit’a”ga o‘tib olishni maqsad qilgan. Halokatdan faqatgina 47 kishi omon qolgan.

Qo‘lga olingan Eron fuqarosining Avstraliyaga qachon topshirilishi masalasi hali aniq emasligi ta’kidlangan. Avstraliyaliklarning ma’lumotlariga ko‘ra, aynan 54 yoshli Muhammad Nagi Karim Nazar 2011-yilda muhojirlarni jo‘natishni tashkillashtirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar