23-noyabrdan 24-noyabrga o‘tar kechasi Gruziya energotizimida yirik nosozlik yuz berdi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Natijada poytaxt Tbilisi shahri va mamlakatning katta qismi elektr tokisiz qoldi. “Gruziya davlat energotizimlari” aksiyadorlik jamiyati bergan xabarga ko‘ra, avariya sabablari haligacha aniqlanmagan.
Poytaxtdan tashqari Gruziyaning 100 dan ortiq hududlari elektrsiz qolgani qayd etilgan. Hozirda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)