Buxoro shahrida Abu Ali ibn Sino nomidagi favvoralar xiyoboni barpo etildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Umumiy maydoni 6,88 gektarni egallagan xiyobonga 100 dan ortiq o‘rindiq, zamonaviy yoritgich o‘rnatilgan. Maydon markazidagi musiqali favvora va uning yonidagi ikki favvora kompyuter texnika vositalari orqali boshqariladi.
O‘ziga xos uslubda bunyod etilib, aholining maroqli hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan bu inshoot qadim va navqiron Buxoroning yanada chiroy ochishiga xizmat qiladi.
Izoh (0)