Google kompaniyasi birinchi bo‘lib dunyodagi eng katta va eng texnologik reklama displeyini ijaraga oldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Kompaniya bunday reklama displeyi uchun to‘rt hafta davomida 2,5 million dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. Ushbu displey Clear Channel kompaniyasiga qarashli va u Nyu-Yorkning Tayms-skveridan o‘rin egallagan.
Reklama displeyi binoning sakkiz qavati barobarida bo‘lib, uning yuzasi 2322,5 kvadrat metr maydonni egallaydi. Bu taxminan futbol maydonining yarmi barobarida. Unda tasvirlar 2368×10048 pikselli o‘lchamda ko‘rinadi. Shunda bu displeyda jami 24 million piksel mavjud bo‘ladi.
Google ushbu reklama displeyini 24-noyabrdan 2015-yilining boshiga qadar ijaraga olgan va u uchun taxminan 4 million dollar to‘lashi kutilmoqda. Hozirda esa ushbu displeydan yuqoridagi suratlar o‘rin egallagan.
Bundan oldingi dunyoning eng katta reklama displeyi ham Tayms-skverda joylashgan va u 1393 kvadrat metr maydonni egallar edi.
Izoh (0)