Kolumbiyaning Kali shahri politsiyasi oshqozonida narkotik moddalarni tashishi rejalashtirilgan 11 yoshli qizni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qo‘lga olingan qizning oshqozonidan jarrohlik operatsiyasi orqali umumiy og‘irligi 500−600 gramm bo‘lgan narkotik moddalarning 104ta kapsulasi olingan. Bu qaysi turdagi norkotik moddasi ekanligi hozirda aniqlanmoqda.
Politsiya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ota-onasi ajrashib ketgan qiz dam olish kunlari otasinikida bo‘lib, keyin onasinikiga qaytgan. Tunda u o‘zini yomon his qilgach shifoxonaga olib borgan. Politsiya hozirda qizning otasini tergov qilmoqda. Kimdir yosh qizdan Yevropaga narkotiklar olib o‘tish uchun foydalanmoqchi bo‘lgan. U Kolumbiyada bunday maqsadlarda foydalanilgani aniqlangan eng yosh inson ekanligi ta’kidlangan.
Izoh (0)