Facebook ijtimoiy tarmog‘i a’zolarning yangiliklar lentasida kamroq spam-xabarlarni ko‘rsatish uchun bir qancha ishlarni amalga oshirmoqda. Shulardan biri esa tarmoqdagi targ‘ibot sahifalarining postlarini qattiq tekshiruvdan o‘tkazilishi bo‘ladi. Bu haqda Engadget ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Bunda Facebook’dagi Page — sahifalarda qoldirilayotgan “Like bosmasang, kulfat sodir bo‘ladi” kabi spam-postlarning chop etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Spam-postlar esa quyidagi yo‘nalishlarda aniqlanadi:
- Mahsulot sotib olish va mobil dastur o‘rnatishni targ‘ib qiluvchi postlar;
- Yolg‘on aksiyalarga jalb qilish haqidagi postlar;
- Reklamalardan bir xil ko‘chirilgan postlar.
Izoh (0)