Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gretsiya poytaxti Afina shahridagi AQSh elchixonasi oldida Politexnika universiteti talabalari qo‘zg‘olonini xotirlab o‘tkazilgan namoyish ishtirokchilari Amerika bayrog‘ini yoqib yubordi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Tashkilotchilar namoyishda 30 ming kishi qatnashganini qayd etgan. Politsiya esa namoyishda 8,5 ming kishi ishtirok etganini, xavfsizlik masalalari uchun 7 ming nafar politsiyachi safarbar qilinganini ma’lum qilgan.

1973-yil 16-dan 17-noyabrga o‘tar kechasi talabalar hukumat ularning tashkilotlari ishlariga aralashuviga norozilik sifatida universitet binosini egallab olgan. Qo‘zg‘olon bostirilganiga qaramay, bu ommaviy norozilikka va 1967−1974-yillarda hukm surgan va AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlangan harbiy diktaturaning tugatilishiga olib kelgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi