“Katta yigirmalik” sammiti o‘tkazilayotgan Avstraliyaning Brisben shahrida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin hamda Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron o‘rtasida uchrashuv tashkillashtirildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Uchrashuv boshida Putin va Kemeron qo‘l berib salomlashgan va muzokaralar stoli atrofidan joy olgan. Ularga ikki mamlakat delegatsiyalari qo‘shilgan. Rossiya tomonidan prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov hamda Rossiyaning Avstraliyadagi elchixonasi maslahatchi-vakili Nikolay Nozdryov muzokaralarda qatnashgan.
Devid Kemeron va Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroning hozirgi bosqichi to‘g‘risida fikr almashgan. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina amalda suhbatning yagona mavzusi bo‘lgan.
Izoh (0)