Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasining so‘nggi ma’ruzasiga ko‘ra, Donbassdagi mojaroda Malayziya laynerining 298 nafar qurboni bilan birgalikda jami 4132 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
11-noyabr kuni e’lon qilingan bayonotda qayd etilishicha, mazkur mojaroda jarohat olganlar soni 9747 kishiga yetgan. Shunga qaramay, bayonot mualliflari ushbu ma’lumotlarda halok bo‘lganlar va jarohat olganlar miqdori ancha kam ko‘rsatilgani, aslida ularning miqdori nihoyatda ko‘pligini aytib o‘tdi.
Avvalroq BMT Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi o‘zining 31-oktabr kuni e’lon qilgan haftalik hisobotida Ukraina sharqidagi mojarolar natijasida halok bo‘lganlar soni 4035 kishiga yetganini qayd etgan edi.
Izoh (0)