13-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda BlackBerry kompaniyasi Android qurilmalar uchun xavfsizlikning yangi darajasini taklif qildi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Keyingi yilning boshidan BlackBerry kompaniyasining yuqori darajadagi xavfsizlik tizimi Samsung kompaniyasining mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan Knox nomli xavfsizlik tizimi bilan birlashtiriladi.
Bu esa Samsung qurilmalarining yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi. Chunki BlackBerry’ning mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan xavfsizlik tizimi eng a’lolardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu hamkorlik mobil qurilmalar sotishda pastlayotgan BlackBerry kompaniyasi uchun ham foydali bo‘ladi.
Izoh (0)