Urganch shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli “Oxunbobo” qabristoni nazoratchisi yangi qabrga yer maydoni ajratish uchun vafot etgan shaxslarning yaqinlaridan pul talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Darakchi” gazetasiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Xabar berilishicha, qabriston nazoratchisi ikki yil davomida yangi qabrga yer maydoni ajratish uchun besh kishidan 1,5 million so‘mdan, bir kishidan 1,35 million so‘m, yana bir kishidan esa 1,45 million so‘m pul talab qilib olgan.
Bundan tashqari, u qabristondagi yollanma ishchi bilan til biriktirgani holda qabriston hududida joylashgan ehson qutilaridagi uch million so‘mdan ortiq xayriya pullarini o‘g‘irlab, o‘zlashtirib olgan.
“Tiriklar tugul, o‘liklarning ham haqidan hazar qilmagan bu kimsa [...] o‘z kirdikorlari uchun qonun oldida javob beradigan bo‘ldi”, — deyiladi gazetadagi maqolada. Biroq unga nisbatan qanday chora ko‘rilganiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)