Miss International 2014 tanlovida Puerto-Rikoda istiqomat qiluvchi Valeri Ernandez Matias g‘alaba qozondi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
Kolumbiya vakilasi tanlovning ikkinchi pog‘onasini zabt etgan bo‘lsa, tailandlik qiz bronza medalga loyiq deb topildi.
Miss International tanlovi joriy yilda 54-bor o‘tkazilib, unga Yaponiya poytaxti mezbonlik qildi.
Tanlovning so‘nggi topshirig‘iga binoan, ishtirokchi qizlar dunyoda tinchlik zarurligi borasida nutq so‘zladi. Mazkur taqdimotda qizlarning odamlarni ishontira olish qobiliyati sinovdan o‘tkazildi.
Izoh (0)