Chevrolet kompaniyasi Corvette’ning yettinchi avlodi ovozi Janubiy Koreyada ruxsat etilgan avtomobil shovqini darajasidan yuqori bo‘lgani uchun ushbu mamlakatda sotuvni boshlay olmayapti, deb xabar berdi Motor.ru.
Bunday avtomobillarni sotish ko‘plab mamlakatlarda 2013-yildayoq boshlangan, biroq General Motors Korea bu masalani Janubiy Koreya hukumati bilan hozirgacha ham yecholmagan. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, har yili Janubiy Koreyaga Corvette’ning avvalgi avlodlaridan 12 tagacha olib kelingan.
Chevrolet Corvette’ga 6,8 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, uning quvvati 466 ot kuchiga teng. Superkar 100 kilometr/soat tezlikka chiqishi uchun 3,8 sekund kifoya qiladi.
Izoh (0)