Francois Gissy ismli kishi velosipedda 333 km/soat tezlik bilan harakatlanib, dunyo rekodini o‘rnatdi. Bu haqda Gizmodo ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Aslida Gissy o‘zining avvalgi rekordi — soatiga 263 kilometr tezlik bilan harakatlanishni yangiladi. Gissy bunday vilosipedni tayyorlash uchun yillar sarf etgan. So‘nggi rekord esa Fransiyada o‘rnatildi. Bunda velosiped 333 km/soat tezlikka erishishi uchun 5 soniya vaqt kerak bo‘lgan.
Izoh (0)