Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo G‘arb davlatlari Ukrainadagi mojaro tufayli Rossiya bilan yangi sovuq urush boshlanishi ostonasida turganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
“G‘arb har doim o‘ziga Putin nimani o‘ylayotgani haqida savol beradi. Putin esa G‘arb va NATOning dushmanligi haqida gapirib, alyansning kengayishi Rossiyani tahqirlashini ta’kidlaydi. Bu vaziyat umuman yaxshilikdan darak bermaydi. Biz yangi turdagi sovuq urush ostonasidamiz”, − dedi prezident.Ma’lumot uchun, Finlandiya sovuq urush davrida ham sotsialistik respublikaga aylantirilmagan va NATOga a’zo bo‘lmagan holda ham G‘arb bilan, ham sobiq SSSR bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lgan. Rossiya gaziga 100 foiz bog‘liq bo‘lgan Finlandiya aholisining katta qismi hozirda ham mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishiga xayrixoh emas.
Izoh (0)