Bir necha oy oldin Samsung kompaniyasi taqdim etgan Gear S aqlli soati AQShda hech qanday shartnomasiz 299 dollardan sotila boshlandi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Shu paytgacha sotuvga chiqarilgan aqlli soatlardan farqli — Android emas, Tizen operatsion tizimida ishlaydigan Gear S gadjeti 2 dyuym 360×480 pikselli botiq displeyga ega. Unda 1 GGs chastotaga ega ikki yadroli Exynos protsessori, 512 Mb tezkor va 4 Gb ichki xotira, 300 mA·soat quvvatga ega batareya, Wi-Fi o‘rnatilgan.
Ushbu aqlli soatga SIM-karta o‘rnatish va 3G tarmog‘ida ishlatish yoki uni smartfonga Bluetooth yordamida bog‘lash ham mumkin. U yurak urishini nazorat qiluvchi, quyosh nuridagi radiatsiyani aniqlovchi dasturlar hamda kompas va barometrga ega.
Izoh (0)