O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda nashriyot rahbarlari va mutaxassislaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyaning Vislox shahrida joylashgan Heidelberg nomli poligrafiya zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda UzReport axborot agentligi xabar bermoqda.
155 yillik tarixga ega mazkur muassasa nafaqat Germaniya, balki butun dunyodagi eng katta zavod hisoblanadi. Uning ishlab chiqarish markazlari o‘z faoliyatini Germaniyadan tashqari yana besh davlatda olib boradi. Bundan tashqari, Heidelberg konsernining 250 filiali dunyoning 170 ta mamlakatida faoliyat yuritmoqda. Zavod 5300 dan ziyod patent va mualliflik huquqiga ham egadir.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 108 ta tipografiya ish olib borayotgan bo‘lsa, ularning ko‘pchiligi Heidelberg zavodi bilan chambarchas bog‘langan.
Germaniya O‘zbekistondagi nashriyotlarga tipografiya qurilmalarini yetkazib berish bo‘yicha asosiy hamkor hisoblanadi. Bugungi kunda kamida har ikki nashriyotdan birida Germaniyada ishlab chiqarilgani haqidagi belgiga ega poligrafiya uskunalarini ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston delegatsiyasining Heidelberg zavodiga tashrifi mobaynida tomonlar qurilmalar xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Izoh (0)