Ukrainaning “Panorama” jurnalida O‘zbeksitonning sayyohlik salohiyati, o‘zbek xalqining boy tarixi, madaniyati va an’analariga bag‘ishlangan “O‘zbekiston marvaridi” nomli maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi axborot xizmati.
Maqola asosan O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona kabi muzey-shaharlari va ularning tarixiy obidalariga bag‘ishlangan. Ko‘plab madrasalar va ko‘k gumbazlari bilan Samarqand Sharq marvaridlaridan biriga aylangani, Buxoroda esa yuzdan ortiq saqlanib qolgan tarixiy yodgorliklari bilan ertak muhiti hukm surishi alohida ta’kidlangan.
Shuningdek, O‘zbekistondagi rivojlangan sayyohlik infratuzilmasi, sharqona bozorning o‘ziga xosliklari, masjid va minoralarning g‘ayrioddiy go‘zalligi va o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi haqida ham so‘z yuritiladi.
Izoh (0)