2014-yil 6-noyabr kuni Bishkekdagi markaziy teleminorada DVB-T2 standartidagi raqamli va DVB-S2 standartiga sun’iy yo‘ldosh televideniyesi Qirg‘iziston hududida rasman ishga tushirildi, deb xabar bermoqda “Vecherniy Bishkek”.
Ushbu yangilik Qirg‘iziston tomonidan 2006-yilda imzolangan 2015-yilgacha raqamli televideniyega o‘tish to‘g‘risidagi “Jeneva-6” mintaqaviy shartnomasi doirasida joriy qilingan. Respublika 2015-yil 17-iyungacha analog televideniyesidan butunlay voz kechishni rejalashtirgan.
Raqamli televideniyega o‘tish uchun sakkizta kanal: “ElTR”, “Piramida”, “Beshinchi kanal”, “Region” va “OTRK” tarkibidagi bir necha telekanallarning ishlari davlat tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)